» » Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Aleksey Overchukni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Aleksey Overchukni qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-sentabr kuni Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchukni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida davlat rahbari koronavirus infeksiyasining global miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq zamonaviy xavf-xatarlarga qaramay mamlakatlar o‘rtasidagi faol muloqot davom etayotgani va ko‘p qirrali O‘zbekiston—Rossiya hamkorligi sur’ati saqlab qolinayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ta’kidlanishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari ortayotgani kuzatilmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilyapti, qo‘shma korxonalar soni ko‘paydi.

O‘zbekiston Prezidenti koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yaqin va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladi.

Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk uchrashuv o‘tkazish imkoniyati uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumati raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiy kooperatsiya bo‘yicha uzoq muddatli dastur tayyorlash, qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish, mamlakatlar hududlari o‘rtasidagi amaliy aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston—Rossiya strategik sheriklik munosabatlari kun tartibini yangi mazmun bilan boyitish maqsadida hamkorlikdagi ustuvor dastur va loyihalarni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi va MDH doirasidagi yaqin muloqotlarni davom ettirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarga munosib sharoitlarni yaratish masalasini ko‘rib chiqqandi.

Mavzuga doir: Yevrosiyo iqtisodiy kengashi komissiyasi O‘zbekistonga kuzatuvchi davlat maqomini berish masalasini ko‘rib chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют