» » Superliga. “Lokomotiv” o‘z uyida “Navbahor”dan ustun keldi

Superliga. “Lokomotiv” o‘z uyida “Navbahor”dan ustun keldi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing 15-turida “Lokomotiv” jamoasi 15-sentabr, seshanba kuni “Navbahor”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi.

Uchrashuvning 65-daqiqasida zaxiradan maydonga qo‘shilganiga ko‘p bo‘lmagan Avazbek O‘lmasaliyev “temiryo‘lchilar”ning kombinatsiyasini gol bilan yakunladi.

O‘yin yakuniga qadar har ikki jamoada ham yana bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq hisob o‘zgarishsiz qoldi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Lokomotiv” ochkolarini 18 taga yetkazib oldi va 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Navbahor” (20) esa 7-pog‘onada bormoqda.

“Lokomotiv” 16-turda “Buxoro” bilan o‘ynaydi, “Navbahor” esa “Andijon”ga qarshi bahs yuritadi.

Coca-Cola Superliga

15-tur bahsi

15-sentabr, seshanba

Gol: 1:0 – 65 O‘lmasaliyev.

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Jahongir Abdumo‘minov (Avazbek O‘lmasaliyev, 64), Slavko Damyanovich (Jaloliddin Jumaboyev, 64), Marat Bikmayev (Ibrohim G‘anixonov, 90+4), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Azizbek Amonov (Javohir Alijonov, 90+4), Saveliy Abramov (Diyorjon Turopov, 46), G‘ulom Haydar G‘ulomov, Dilshodjon Komilov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Ehsoni Panshanbe, G‘iyos Komilov (Pavel Golishev, 83), Azim Ahmedov, Ivan Solovyov (Ruslan Bolov, 73), Aziz Turg‘unboyev, Mirzohid G‘ofurov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Islom Isoqjonov, 53), Zabihillo O‘rinboyev.

Ogohlantirishlar: G‘ofurov (10), Damyanovich (57).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют