» » COVID-19ga qarshi kurashda yordam berish uchun Ozbekistonga kelgan rossiyalik shifokorlarning missiyasi nihoyasiga yetdi

COVID-19ga qarshi kurashda yordam berish uchun Ozbekistonga kelgan rossiyalik shifokorlarning missiyasi nihoyasiga yetdi


Ozbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun 16-avgust kuni kelgan 40 nafar rossiyalik shifokorning missiyasi nihoyasiga yetdi. SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, 15-sentabr kuni ularni kuzatish marosimi bolib otdi.

Reanimatolog, pulmonolog, infeksionist, virusolog, kardiolog, endokrinolog kabi mutaxassislar bir oy davomida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash muassasalarida Ozbekistondagi shifokorlar bilan hamkorlikda ish olib bordi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikalari, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan ahvoli ogir bemorlarni davolashda ishtirok etish bilan birgalikda Ozbekistonning barcha viloyatlaridagi yuqumli kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda shifokorlar bilan yelkama-yelka faol ish olib borib, ming nafardan ziyod bemorga tibbiy yordam korsatdi.

Rossiyalik mutaxassislar qizil hududlarda faoliyat yuritish bilan bir qatorda videokonferensaloqa orqali bemorlarni davolash boyicha zarur tibbiy maslahatlar berdi, tibbiyot xodimlari uchun vebinarlar otkazib, davolash protokollarini mukammallashtirish maqsadida oz tavsiyalari bilan bolishdi.

Ozbekistonlik hamkasblarimiz ham bu sohada yetarlicha tajriba toplaganliklarini namoyon qildilar, ular bilan birgalikda virusni yengish yolida olib borgan hamkorlikdagi say-harakatlarimiz oz samarasini beradi, degan umiddamiz, degan N.I. Pirogov nomidagi milliy tibbiy xirurgiya markazi reanimatolog-anesteziolog shifokori Vladimir Kokuyev.

Xabarda aytilishicha, Ozbekistondagi bir oylik missiyasini samarali olib borgani uchun delegatsiya rahbari bolmish Rossiyada xizmat korsatgan shifokor, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Zamyatinga Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash alochisi kokrak nishoni hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi faxriy professori unvoni topshirildi.

Eslatib otamiz,Ozbekistonga shu vaqtgacha koronavirusga qarshi kurashda yordam berishda rossiyalik shifokorlardan tashqarikoreyalik professor epidemiolog Soy Chje Uk, yana bir koreyalikanesteziolog-reanimatolog,15 nafar xitoylikshifokor va tibbiyot mutaxassisidan iborat guruh, bir qancha turkiyalikmutaxassislar,Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislaridan bolmish professorVernerBerfaoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-09-2020, 21:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -