» » Farg‘onada kislorod konsentratori ishlab chiqarish boshlandi

Farg‘onada kislorod konsentratori ishlab chiqarish boshlandi


Farg‘ona viloyati hokimining tashabbusi bilan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida kislorod konsentratorini ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, loyiha ishlari tadbirkor Shavkatjon Hamzayev ta’sischisi bo‘lgan “Greyt Qo‘qon” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borildi. Korxonaning umumiy qiymati 300 ming dollarni tashkil etadi.

Korxona foydalanishga topshirilishida ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari M.Abdurahmonov bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan mazkur tibbiy jihozning ishlab chiqarilishi, avvalo, viloyat va Respublika tibbiyot muassasalarini kislorod konsentratori bilan to‘liq ta’minlash imkonini berishini, shuningdek, viloyat eksport salohiyatini oshirishini ta’kidlagan.

“Viloyatimizda aholini koronavirus pandemiyasidan asrashga, ularning salomatligini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun viloyatimiz hokimi boshchiligida juda katta tadbirlar amalga oshirilib, tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, bemorlar uchun maxsus joylar va dori-darmon zaxirasi yaratildi. Shunday sharoitda xavfli kasallikka qarshi kurashishga o‘zimizning hissamizni qo‘shganimizdan mamnunmiz”, — degan korxona direktori F.Rahmonov.

Qayd etilishicha, mazkur korxonada yiliga 30 ming dona kislorod konsentratori ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Farg‘ona viloyatida kislorod kontsentratorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi haqida 2020-yilning 17-avgustida xabar berilgandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Qo‘qonda ishlab chiqarilgan bir dona kislorod kontsentratorining narxi 290 dollarni tashkil etishi bildirilgan.

Avvalroq Farg‘onaga Xitoydan donasi 4 million so‘m bo‘lgan 500 dona kislorod kontsentratori olib kelingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют