» » O‘zbekistonda dezinfeksiya tunnellaridan foydalanish taqiqlanmoqda

O‘zbekistonda dezinfeksiya tunnellaridan foydalanish taqiqlanmoqda


Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan binolar va boshqa obyektlarga kirishda dezinfeksiya tunnellaridan foydalanish taqiqlanmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu kabi qaror Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasi asosida qabul qilingan.

“Voqealar tafsiloti bilan batafsil tanishtirib boriladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq 6-sentabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarshi kurashda eng foydasiz chora ekanligi haqida xabar bergan edi. Vazirlik Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Ilmira Roziqovaning so‘zlariga tayanib, dezinfeksiya tunnellarini metro yoki boshqa muassasa binolari oldida o‘rnatish shart emasligi haqida yozgan. Oradan bir kun o‘tib SSV vakili dezinfeksiya tunnellaridan foydalanishda davom etish kerakligini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshlarida esa Germaniyaning yetakchi virusologlaridan biri, Bonn universiteti Virusologiya va OIVni tadqiq qilish instituti direktori, professor Hendrik Shtrik dezinfeksiyalash uchun mo‘ljallangan tunnellar COVID-19 koronavirus infeksiyasidan himoya qila olmasligi, ammo ular rotavirus va boshqa kontaktli infeksiyalardan himoya qilishini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют