» » Uzbekistan Airways Moskva, Sankt-Peterburg va Rostov-Donda charter reyslarga chiptalarni erkin sotuvga chiqardi

Uzbekistan Airways Moskva, Sankt-Peterburg va Rostov-Donda charter reyslarga chiptalarni erkin sotuvga chiqardi


O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yil sentabr oyida Rossiya shaharlaridan Toshkentga charter qatnovlarga erkin sotuv ochilganini ma’lum qildi.

Hozirgi vaqtda Moskva, Sankt-Peterburg, Rostov-Dondan Toshkentga uchadigan reyslarga chipta xarid qilish imkoni bor.

Rossiya shaharlaridan O‘zbekistonga parvoz qilish faqat O‘zbekiston fuqarolariga, PZR (polimeraza zanjir reaksiyasi) tekshiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qatnov jo‘nashidan oldin kamida 72 soat amal qiluvchi) taqdim etilgan holda ruxsat beriladi.

“PZR ma’lumotnomasi bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniya qatnovlariga qo‘yilmaydi”, — deyiladi xabarda.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, AJ mobil ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways’ning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki mintaqadagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Avvalroq o‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha sentabr oyiga belgilangan charter reyslar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritilgani, Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar 24–25-sentabr kunlari charter repatriatsiya reysi bilan vatanga qaytarilishi rejalashtirilgani, Uzbekistan Airways Dehliga charter reys amalga oshirishi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 12-sentabr kuni Rostovdan 837 nafar, Yekaterinburgdan 800 ga yaqin vatandosh poyezdda O‘zbekiston tomon yo‘lga chiqqan.

Mavzuga doir: “Bu yerda homiladorlar ham bor, ular qayerda tug‘adi, yerdami?”. Samara yaqinidagi lagerda yashayotgan 4,5 ming o‘zbekistonlik muhojir haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют