» » Rossiya bir milliondan ortiq o‘zbekistonlik muhojirni amnistiya qilishi mumkin

Rossiya bir milliondan ortiq o‘zbekistonlik muhojirni amnistiya qilishi mumkin


O‘zbekiston hukumati Rossiyaga kirishi taqiqlangan yoki ayni vaqtda ushbu mamlakat hududida taqiqqa tushishidan qo‘rqib migratsiya xizmatlaridan yashirinib yurgan yuz minglab vatandoshlarning amnistiya qilinishiga erishmoqchi. Bu haqda 16-sentabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Davlatnazar Matrasulov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida 16—29-sentabr kunlari Rossiyada bo‘ladi. Tashrif chog‘ida Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakillari ham uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Davlatnazar Matrasulovning ta’kidlashicha, bo‘lajak uchrashuvda Rossiyaga kirishi taqiqlangan yoki mahalliy migratsiya qonunchiligi talablarini buzgani uchun, ushbu mamlakat hududidan chiqolmay, yashirinib yurgan minglab o‘zbekistonliklarni amnistiya qilish masalasi muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Rossiya IIV bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu davlatda taqiqqa tushib qolish ehtimolidan qochib yurgan, ya’ni ro‘yxatda turmagan 600 ming nafar fuqarolarimiz bor. O‘tgan yillar davomida yana 421 ming nafar o‘zbekistonlik taqiqqa uchragani uchun O‘zbekistonga qaytib kelgan.

Rossiyaga yuborilgan ishchi guruhimizning kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri — aynan mana shu fuqarolarga amnistiya e’lon qilinishiga erishish hisoblanadi. Ya’ni 600 ming nafar yashirinib yurganlarga ham, O‘zbekistonga qaytib kelgan 421 ming nafarga ham amnistiya e’lon qilish masalasi muhokama qilinadi.

Davlatnazar Matrasulov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, agar amnistiya e’lon qilinadigan bo‘lsa, Rossiyadagi vatandoshlar jarimasiz, hech qanday ma’muriy jazo qo‘llanmagan holda O‘zbekistonga qaytib kelish huquqiga ega bo‘ladi.

“Shuningdek, taqiqqa tushib, Rossiyaga kira olmay yurgan 421 ming kishi uchun yana ushbu davlatga borib ishlash imkoniyati yaratiladi”, — dedi Davlatnazar Matrasulov.

Mavzuga doir: “Bu tashkilot O‘zbekiston mustaqilligiga ta’sir o‘tkazmaydi”. Tashqi mehnat migratsiyasi — Rossiya IIVning O‘zbekistonda ochiladigan pasport-viza xizmati vakolatxonasi haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют