» » O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tibbiyot oliygohi va onkologiya markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tibbiyot oliygohi va onkologiya markazi tashkil etiladi


O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy onkologiya tibbiyot markazi bunyod etiladi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Bu haqda 16-sentabr kuni Alisher Shodmonov va Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi ilmiy-tekshirish qo‘mitasi raisi, ushbu assotsiatsiyaning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtabi yetakchi maslahatchisi, Koryo universiteti professori Soy Chje Uk uchrashuvida aytib o‘tilgan.

Muloqotda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash va ularning kasallikdan tezroq tuzalishlari uchun yuqori tibbiy texnologiyalardan unumli foydalanishni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy onkologiya tibbiyot markazi bunyod etilishi ham ma’lum qilingan.

20-may kuni Prezident Toshkentda Koreya loyihasi asosida barpo etilgan Bolalar milliy tibbiyot markaziga tashrif buyurganida uning yonida kattalar uchun ham zamonaviy klinika hamda oliy o‘quv yurti tashkil etilishi haqida aytgan edi.

Alisher Shodmonov va Soy Chje Uk uchrashuvida Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tibbiyot oliy o‘quv yurti va onkologiya markazi ham shu hududda joylashib, yirik tibbiyot kompleksi tashkil etilishi ma’lum qilindi. Shu orqali tibbiyot tizimining ham ilmini, ham amaliyotini eng ilg‘or standartlar darajasiga ko‘tarish ko‘zlanmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют