» » Zangiotada qalbaki Persil, Ariel, Mif, Tide kir yuvish kukunlari ishlab chiqarilayotgan sex fosh etildi

Zangiotada qalbaki Persil, Ariel, Mif, Tide kir yuvish kukunlari ishlab chiqarilayotgan sex fosh etildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Zangiota tumani Davlat soliq inspeksiyasi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan sex faoliyati aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Sh.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida “R.M.” MChJga tegishli noturar binoda hech qanday hujjatlarsiz, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan, yashirin sex tashkil qilib, Persil, Ariel, Mif, Tide nomli tovar belgisi yorliqlaridan foydalangan holda kir yuvish kukunlarini qoplab sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 02:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют