» » “Bularni 50 yilga qamasangiz ham erim tirilib kelmaydi”. IIB xodimlari urib o‘ldirgan chiroqchilikning xotini suddan ayblanuvchilarni ozod qilishni so‘radi

“Bularni 50 yilga qamasangiz ham erim tirilib kelmaydi”. IIB xodimlari urib o‘ldirgan chiroqchilikning xotini suddan ayblanuvchilarni ozod qilishni so‘radi


Chiroqchida IIB xodimlari tomonidan urib o‘ldirilgani aytilgan 32 yoshli Yusuf Abdurahmonovning turmush o‘rtog‘i Go‘zal Abdiyeva sud hay’atidan sudlanuvchilar — Nurbek Ovlayev hamda Anvar Jonqobilovlarni kechirib, sud zalidan ozod qilishni so‘radi. Bu haqda navbatdagi sud majlisida qatnashgan “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.

“Chiroqchi voqeasi” aybdorlari ishini ko‘rib chiqayotgan sud majlisi 2020-yilning 16-sentabr kuni soat 15:00 da o‘z ishini davom ettirgan.

“Men faqat bularning bolalarini o‘ylayman. Bularning ham ayollari bordir. Shularni o‘ylayman. Sakkiz oy davomida zor qaqshab yig‘ladim. O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman. Shuning uchun bu kunlarni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. Ko‘zim oldiga shularning farzandlari kelyapti. Ularning dadam qachon keladi, dadam qachon keladi, degan gapi eshitilyapti. Mening farzandlarim otasini yo‘qotdi. Otasining mehriga zor bo‘ldi. Lekin bularning farzandlari otasini kutib turibdi. Hozir bu yerda bularning onalari qanchalar ezilyapti. Mayli, men Xudoga soldim, Xudo ko‘rsatsin. Prezidentimiz qanchadan qancha insonlarni kechiryapti. Nahotki, men shu ikki insonni kechirolmasam”, — dedi marhumning turmush o‘rtog‘i Go‘zal Abdiyeva.

Go‘zal Abdiyeva sud hay’atiga sudlanuvchilarni 50 yil muddatga qamasa ham eri tirilib kelmasligini, shuning uchun ularni sud zalidan ozod qilishni so‘radi.

“Qalbimda og‘riq bor. Meni shu yukdan ozod qiling va odilona hukm chiqaring. Mening farzandlarim yetim bo‘ldi. Endi bularning farzandlari yetim bo‘lmasin. Men qiynalganim yetadi. Bularning ayollari boshiga ham mening kunim tushishini xohlamayman — bu ikkalasini ham sud zalidan ozod qilishingizni so‘rayman. Mayli, bularni chiqaring, vijdoni qiynalsin. Mening yelkamda og‘ir yuk qolmasin faqat. Bularni chiqarmasangiz, mening vijdonim qiynalib o‘tadi”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, “Chiroqchi voqeasi” aybdorlari ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi K.Tolliboyev raisligida, Sh.Eshimov kotibligida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Navbatdagi sud majlisi 2020-yil 17-sentyabr kuni soat 10:00 da davom ettiriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют