» » “‘Protivogaz’dagi qon izlari marhum Yusuf Abdurahmonovga tegishli bo‘lgan”. Davlat sud eksperti xulosasi ma’lum qilindi

“‘Protivogaz’dagi qon izlari marhum Yusuf Abdurahmonovga tegishli bo‘lgan”. Davlat sud eksperti xulosasi ma’lum qilindi


“Chiroqchi voqeasi” aybdorlari ishini ko‘rib chiqayotgan sud majlisida ma’lum qilinishicha, tergov harakatlari davomida Chiroqchi tuman IIB dan olingan “protivogaz”larning biridan marhum Yusuf Abdurahmonovning qon izlari chiqqan. Bu haqda sud majlisida ishtirok etgan “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, tuman IIB dan marhum Yusuf Abdurahmonovning murdasi chiqqach, mazkur ishni viloyat prokuraturasi o‘rgana boshlagan. Tergov harakatlari davomida tuman IIB da mavjud bo‘lgan “protivogaz”lar o‘rganish uchun olingan va ekspertizaga yuborilgan.

N.Saidova ismli davlat sud eksperti bergan xulosada IIB dan olingan “protivogaz”larning biridan marhum Yusuf Abdurahmonovning qon izlari chiqqan.

Aniqlanishicha, “Chiroqchi voqeasi”ni o‘rganish davomida tuman IIB dan 43 dona “protivogaz” olingan.

Eslatib o‘tamiz, marhum Yusuf Abdurahmonovga o‘g‘rilik qilishda sheriklikda gumonlanib qiynoqqa solingan Qurbon Ostonoyev 2020-yil 21—22-yanvar kunidagi voqealarni esga olar ekan, o‘sha kuni IIB xodimlari uni tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqoratlaganini, Anvar Jonqobilov ismli IIB xodimi buyrug‘iga ko‘ra Jasur Rahmonov “protivogaz” olib kelib kiydirgan holda qiynoqqa solganini aytgandi. Jabrlanuvchi Ostonoyev bu gapini sudda ham takrorladi. Sudga guvoh sifatida chaqirilgan IIB xodimi Jasur Rahmonov esa Anvar Jonqobilov topshirig‘iga ko‘ra, “protivogaz” olib borganini va gaz niqobini jabrlanuvchiga kiydirib qiynoqqa solganini rad etdi.

Sudda guvohlikka chaqirilgan yana bir IIB xodimi Farid Yodgorov esa o‘sha kuni tuman IIB da navbatchi bo‘lganini, Jasur Rahmonov ismli xodim undan bir dona “protivogaz” so‘rab olganini va, taxminan, bir soat o‘tganidan so‘ng qaytarib olib kelganini tan oldi.

“Chiroqchi voqeasi” aybdorlari ishini ko‘rayotgan sud majlisi 2020-yil 16-sentabr soat 14:00 ga qadar tanaffus e’lon qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют