» » Vadim Abramov: “Juda ko‘p vaziyatlardan foydalana olmaganimiz yomon holat”

Vadim Abramov: “Juda ko‘p vaziyatlardan foydalana olmaganimiz yomon holat”


“Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov Coca-Cola Superliga 15-turi doirasida “Mash’al”ga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabadan (2:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

G‘alaba qo‘limizda bo‘lgani bilan juda ko‘p vaziyatlardan foydalana olmaganimiz yomon holat. Butun o‘yin davomida bir kishi ko‘p o‘ynaganimizni inobatga olsak, bu bahsda yaxshi harakat qildik deya olmayman.

Vaziyatlarimiz golga aylanmayotganini ko‘rgach, holat og‘irlashib borayotganini his qildim. Xayriyatki, yigitlar darvozaga yo‘l topa bildi.

“Mash’al” yaxshi jamoa. Biz qiyin raqibga qarshi o‘ynashimizni bilgandik. Futbolchilar 10 kishi bo‘lib o‘ynayotgan jamoani 1:0 hisobida yutayotganligi uchun oldinga intilmadi. Ular orqa chiziqda to‘pni nazorat qilib, o‘z vaziyatlarini kutmoqchi bo‘ldi va qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik.

Vadim Abramov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

“Bunyodkor” 15-turdan keyin 29 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda OKMK bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 125) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют