» » Jizzaxda 9-sinf o‘quvchisi dars paytida to‘satdan vafot etdi

Jizzaxda 9-sinf o‘quvchisi dars paytida to‘satdan vafot etdi


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yili boshlanishining birinchi kunida 9-sinf o‘quvchisi dars vaqtida to‘satdan vafot etdi. Bu haqda Telegram’dagi “Davletovuz” kanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 3-soat — informatika darsida yuz bergan. Dars tugashiga 15 daqiqa qolganda o‘quvchi qiz hushidan ketgan.

Maktab direktori o‘rinbosari Dilnoza Hotamovaning so‘zlariga ko‘ra, dars vaqtida vafot etgan 9-“V” sinf o‘quvchisining holati ertalab maktabga kelganida juda yaxshi, tana harorati ham joyida bo‘lgan. Barcha o‘quvchilar qatorida antiseptik vositalar bilan zararsizlantirilgan.

“Shu kuni ‘Xavaslik’ qishloq vrachlik punkti shifokorlari 1-sinf o‘quvchilarini emlash uchun maktabga kelgan bo‘lgan. Ular hushidan ketgan o‘quvchi qizga birinchi yordam ko‘rsatgan. Qizda hayot uchun hech qanday belgi ko‘rinmagan bo‘lsa-da, unga o‘pka-yurak reanimatsiyasi amalga oshirilgan. 15 daqiqalik reanimatsiya harakatidan keyin ham bemorda hayot belgilari tiklanmagan. Bundan tashqari, o‘quvchi qizga tashqi yurak massaji qilingan va sun’iy nafas berib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ammo buning foydasi bo‘lmagan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishcha, ayni vaqtda o‘quvchi qizning to‘satdan vafot etishi yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan surishtiruv va ekspertiza ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi ikkita maktab ochilganidan ikki kun o‘tib karantinga yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14-sentabrdan boshlab yana ochilib, an’anaviy ta’lim faoliyati yo‘lga qo‘yilgan maktablar soni 2635 tani tashkil etdi. Aksariyat maktablarda an’anaviy ta’lim oktabr oyiga qadar tiklanishi kutilmoqda. Bunda maktablarni ochish haqidagi qaror individual tarzda joylardagi haqiqiy holat hamda sog‘liqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq, mahalliy kengash deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют