» » O‘zbekiston Mehnat kodeksining yangi tahriri muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston Mehnat kodeksining yangi tahriri muhokamaga qo‘yildi


O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning maqsadi – xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini, ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yakka mehnat va ijtimoiy munosabatlarda muvozanat va muvofiqlikni ta’minlash asosida tartibga solishdan iborat.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik quyidagilarni tartibga soladi:

Yakka tartibdagi mehnat munosabatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga quyidagilar kiradi:

Agar O‘zbekiston qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekistonda belgilangan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalari chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el fuqarolari yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ta’sis etilgan yoki tashkil etilgan tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar va chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi tashkilotlarga ham tatbiq etiladi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari me’yorlarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ hujjatlarning amal qilishi davlat xizmatchilariga, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan xususiyatlarga ega muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotganlarga, shuningdek, ichki ishlar organlarida, davlat xavfsizlik xizmatida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va boshqa ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari maxsus qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan doirada qo‘llaniladi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari prokuratura organlari xodimlariga nisbatan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga zid bo‘lmagan doirada qo‘llaniladi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qutqaruv xizmati qutqaruvchilari mehnat munosabatlarining qutqaruv xizmati to‘g‘risidagi maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismlarini tartibga soladi.

Sud hukmi bilan sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tayotgan shaxslarning mehnat munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat-ijroiya kodeksida nazarda tutilgan imtiyozlar va cheklovlar bilan birga tartibga solinadi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari me’yorlarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ hujjatlar quyidagi shaxslarga nisbatan (agar ular ushbu kodeksda belgilangan tartibda bir vaqtning o‘zida ish beruvchi yoki ularning vakillari sifatida ishtirok etmasa) qo‘llanilmaydi:

Agar munosabatlar, shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lib, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida yuzaga kelgan bo‘lsa, biroq keyinchalik ushbu kodeksda yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat munosabatlari deb tan olingan bo‘lsa, bunday munosabatlarga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va mehnat normalarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ hujjatlar qo‘llaniladi.

Yakka tartibdagi mehnat va u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

Har kim mehnat huquqlarini amalga oshirishda va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega

Mehnat va kasbiy faoliyatda kamsitish taqiqlanadi. Mehnat va kasbiy faoliyat sohasida jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek, xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklashlar yoki imtiyozlar belgilash kamsitish deb hisoblanadi.

Mehnat va (yoki) kasbiy faoliyat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitish fakti bo‘yicha belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. Kamsitilgan shaxsning kamsitishni bartaraf etish, buzilgan huquqlarini tiklash va unga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volari qanoatlantiriladi. Kamsitilgan shaxsga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar sud tartibida hal etiladi, kamsituvchi xususiyatga ega harakatlarda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Mehnat va kasbiy faoliyatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (oilaviy majburiyati bo‘lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqalar) to‘g‘risida alohida g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq asosli farqlashlar, istisnolar, imtiyozlar kamsitish deb hisoblanmaydi.

Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishdagi asoslangan farqlar xodimning ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarining xususiyati, mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi, xodim mehnatining shartlari va xususiyati, ish beruvchining holati, ayrim tarmoqlar va kasblarning o‘ziga xos xususiyatlari, organizmning psixofiziologik xususiyatlari, oilaviy majburiyatlar va boshqa xolisona holatlar tufayli bo‘lishi mumkin.

Mehnat erkinligi har kimning o‘z mehnat qobiliyatidan kelib chiqib, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mehnat faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllarini, faoliyat turini, kasb va mutaxassislikni, ish joyini va mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.

Mehnat munosabatlari bilan bog‘liq mehnat erkinligi, mehnat shartnomasi erkinligida namoyon bo‘ladi, bu quyidagilarni anglatadi:

Majburiy mehnat taqiqlanadi

Har qanday jismoniy shaxsdan, o‘z ixtiyori bilan o‘z xizmatini taklif qilmaganligi uchun jazolash tahdidi ostida talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmat majburiy mehnat deb e’tirof etiladi. Jazolash tahdidi ostida deganda, jismoniy shaxsga, uning ixtiyoriy roziligi bo‘lmagan mehnat faoliyatini amalga oshirishga majbur qiladigan har qanday moddiy, jismoniy yoki ruhiy ta’sir choralarini qo‘llash yoki tahdid qilish tushuniladi.

Majburiy mehnat quyidagilarni o‘z ichiga olmaydi:

Avvalroq O‘zbekistondagi 8 ta kodeks va 9 ta qonunga o‘zgartirish kiritish haqidagi hujjat senatorlar tomonidan ma’qullangani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют