» » Bolaligida mashhur bo‘lib, keyin ko‘rinmay qolgan aktyorlarning hozirgi ko‘rinishi (foto)

Bolaligida mashhur bo‘lib, keyin ko‘rinmay qolgan aktyorlarning hozirgi ko‘rinishi (foto)


Erta tanilgan aktyorlarning barchasi ham mashhurligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmagan. O‘z vaqtida sevimli bo‘lgan aktyor va aktrisalarning qanchalik o‘zgarganiga quyidagi fotolar orqali javob beramiz.

Aleksa PenaVega

Aleksa “Josus bolalar” filmidagi Karmen Kortes rolidan keyin mashhurlikka erishgan.Opa-uka josuslarning sarguzashtlari aks etgan film bolalar uchun sevimli bo‘lgan. U suratga tushish davomida tryuklarni kaskadyor yordamisiz, mustaqil bajaribgina qolmay, “Josus bolalar” uchun bir nechta trek yozishga muvaffaq bo‘lgan. Kinotanqidchilar uning aktrisalik karyerasida muvaffaqiyatga erishishini taxmin qilgan, lekin PenaVega faoliyatini musiqa bilan davom ettirishga qaror qilgan.

Deril Sabara

Deril Sabara “Josus bolalar” filmida Aleksa gavdalantirgan Karmenning ukasi Joni Kortes rolini mahorat bilan ijro qilgan. Mazkur filmdan boshqa Deril ijodida ko‘zga tashlanadigan rol bo‘lmagan, u asosan “Betmen”, “Veyverli Pleyslik afsungarlar” singari filmlarda epizodik rol ijro qilgan. 2011-yilda taqdim qilgan “Josus bolalar 4D” filmida ham Deril bosh qahramon emas, ikkinchi darajali qahramon rolini ijro qilgan.

Nikol Tom

Nikol Tom “Bethoven” filmidagi rolidan keyin tanilgan. Haqiqiy mashhurlikka erishgan yosh aktrisa e’tibor markazida bo‘lish uchun ketma-ket loyihalarda ishtirok etishga rozilik bergan, ammo Gollivudda o‘z o‘rnini topa olmagan.

Jonatan Uilyam Lipniki

Jonatan Uilyam Lipniki 1996-yilda“Jerri Maguayer” filmida Rene Zellvegerning o‘g‘li rolini ijro qilgan. Shundan keyin kinotanqidchilar kichik aktyorning iste’dod va ijro mahoratini yuqori baholagan. Jonatan “Yolg‘iz yigit” va “Styuart littl” filmlarida ham suratga tushgan. Biroq to‘satdan kinoda suratga tushishni davom ettirmaslikka qaror qilgan. Keyinchalik teatrda rol ijro qilib, sport bilan shug‘ullangan.

Teylor Duli

Teylor Duli “Sharkboy va Lavaning sarguzashtlari” filmida Teylor Lotner bilan birga suratga tushgan. Lotnerdan farqli o‘laroq Duli mashhurlikka erishganidan keyin suratga tushishda davom etmagan. Shundan keyin uning kino faoliyatida hech qanday yangilik kuzatilmagan.

Juliya Uinter

Juliya Uinter “Charli va shokolad fabrikasi” filmida badavlat oila farzandi Veruka Solt rolini ijro qilgan. Suratga olish ishlari tamomlanganidan keyin yosh aktrisa seriallarda ikkinchi darajali qahramon rolini gavdalantirgan. Bora-bora aktrisalik faoliyatiga nuqta qo‘yib, tibbiyot sohasida o‘qishga qaror qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют