» » O‘zbekistonda tartib-qoidalarga zid ravishda to‘y qilgan artistlar yuzasidan Madaniyat vazirligiga senator so‘rovi yuborildi

O‘zbekistonda tartib-qoidalarga zid ravishda to‘y qilgan artistlar yuzasidan Madaniyat vazirligiga senator so‘rovi yuborildi


O‘zbekistonda pandemiya davrida to‘y va oilaviy marosimlarni 30 kishidan oshmagan tartibda o‘tkazishga ruxsat berilgandi. Biroq, sentabr oyida “Bravo” jamoasi a’zosi Ahmad Temurov va xonanda Vohidjon Isoqov karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazdi va jarimaga tortildi. Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev yuqoridagi nikoh to‘ylari masalasida Madaniyat vazirligiga senatorlik so‘rovi yubordi.

“Albatta, yoshlarimizni yangi oila ostonasiga qadam qo‘yganliklari bilan tabriklayman. Ammo koronavirus balosi hali o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatib, kundan kunga kasallanish ortib borayotgan bir vaqtda maxsus komissiya talablariga zid ravishda 30 kishidan ortiq mehmonlarni yig‘ib, karantin tartib qoidalarga rioya etmaslik va oxir-oqibat yaqinlarimizning sog‘lig‘ini, hayotini xavf ostiga qo‘yish to‘g‘rimi?” — deydi Baxtiyor Sayfullayev.

Senator tabriklash uchun kelgan o‘ndan ortiq san’atkorlar hamda yuzga yaqin mehmonlarning ijtimoiy masofa saqlash, niqob taqish nima ekanligi yodlaridan ham chiqib ketganini ta’kidlagan.

“Ahmad Temurov, Vohidjon Isoqov o‘rnatilgan tartibda jarimaga tortilganidan xabarimiz bor, biroq bunday xatti-harakatlar ‘tartib qoidalarga zid ravishda mana shunday to‘y o‘tkazib, belgilangan jarimani to‘lab ketish bilan osongina qutulish mumkin’ degan noto‘g‘ri xulosalar shakllanishiga sabab bo‘lishi yomon. Qolaversa, bunday tadbirlar kasallik tarqalishiga olib kelmaydi deb hech kim kafolat berolmaydi”, — deydi Baxtiyor Sayfullayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalq ko‘z o‘ngida yurgan, san’at olamiga daxldor odam boshqalardan ko‘ra madaniyatliroq bo‘lishi, kerak bo‘lsa, jamiyatdagi xayrli ishlar va yangiliklarni amalga oshirishga ko‘proq hissa qo‘shib, yoshlarga o‘rnak ko‘rsatishi kerak.

“Bu kabi ko‘ra-bila turib, tartib-qoidani mensimay buzganlar faqatgina ma’lum bir miqdorda jarima to‘lash bilan qutulishi yetarli emasdek, nazarimda. Jamiyat qoidalariga, insonlar hayotiga bunchalar bepisandalik bilan qarash ko‘rinmas dushman bilan olishib jonlarini fido qilgan yuzlab shifokor-u harbiylarimiz, yurtdoshlarimiz xotirasi va mehnatlariga nisbatan ham hurmatsizlik deb baholashga loyiq”, — deydi Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar, xususan, to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi taqiqlangan edi. Ushbu taqiqdan so‘ng to‘y marosimlarini o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi.

Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach, Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani sababli 10-iyuldan boshlab to‘ylarni o‘tkazish yana taqiqlandi. 15-avgustdan esa 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga yana ruxsat berildi.

Mavzuga doir: Haydovchiga besh million, artistga bir million jarima: mantiq qayerda qoldi, qonuniylik-chi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют