» » Moskvada Mazda bazasida yaratilgan “Zaporojets” sotuvga qo‘yildi (foto)

Moskvada Mazda bazasida yaratilgan “Zaporojets” sotuvga qo‘yildi (foto)


Moskvada o‘ziga xos tarzda ta’mirdan chiqqan “ZAZ-968A” modeli sotuvga qo‘yildi. Bu kabi loyihalar AQSh va Yevropada restomoda deyiladi. Avtomobil asosini — Yaponiyaning Mazda 323F xetchbekiga tegishli agregat va uzatmalar tashkil etadi, deb xabar beradi CARakoom.

O‘zgarishlar faqat dvigatelda emas. Mashina ixlosmandlari kuzovning noodatiy proportsiyasiga ham tezda e’tibor qaratadi. U biroz pasaytirilgandek. Aslida esa u pasaytirilmagan, balki kengaygan. Kuzov ikkiga bo‘linib, bir necha santimetr qo‘shilgan va qayta payvandlangan. Old va orqa oynalarni esa, albatta, qaytadan tayyorlashga to‘g‘ri kelgan.

Bu kabi noodatiy yechim mashinaga Mazda’ning 16 klapanli, 1,7 litrli motorini o‘rnatishga imkon yaratgan. Uzatmalar ham oldinga ko‘chgan. Orqa qismida esa yukxona joylashgan — xuddi boshqa “normal” avtomobillardagi kabi.

1977-yilda ishlab chiqarilgan mazkur avtomobil 550 ming rublga (7300 dollar) baholanmoqda. Mashina hozirga qadar 10 ming kilometr yo‘l bosgan.

Avvalroq Krasnodarda “Zaporojets” asosida yaratilgan “Formula-1” bolidi sotuvga qo‘yilgani, Ukrainada esa “Zaporojets” Zazerati “superkari”ga aylantirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют