» » Krasnodarda “Zaporojets” asosida yaratilgan “Formula-1” bolidi sotuvga qo‘yildi

Krasnodarda “Zaporojets” asosida yaratilgan “Formula-1” bolidi sotuvga qo‘yildi


Krasnodarda noodatiy narsalarni yaratishni yaxshi ko‘ruvchi insonlar yashaydi. CARakoom nashri bu safar ushbu shaharda “Formula-1” uchun yaratilgan noodatiy bolid surati bilan bo‘lishdi.

Qo‘lbola mashina bekorga bu qadar noodatiy ko‘rinishga ega emas. Gap shundaki, u “Zaporojets” avtomobilining uzatmalari va agregatlari asosida yaratilgan.

Avtomobil Ferrari poyga mashinasi ko‘rinishida, biroq uning korpusini original bolid bilan bog‘liqligi yo‘q. Hatto proportsiyalar borasida ham: uni xuddi ikki tomondan siqib qo‘yishgandek. Shu bilan birga, uning tumshuq qismi oldinga cho‘zilgan bo‘lib, unda kichik yukxona, old spoyler, orqa antiqanot va yagona haydovchi o‘rindig‘i orqasida havo panjarasi joylashgan.

Mavzuga doir: “Formula-1”ning sobiq chempioniga tegishli Lamborghini sotuvga qo‘yildi

Bolidda “Zaporojets”ning ko‘p narsasi yo‘q — haydovchi qarshisidan tanish qurilmalar va 42 ot kuchiga ega original motor o‘rin olgan. Mashina nusxasi 2008-yilda yaratilgan bo‘lib, hozirda 950 ming rublga (12,3 ming dollar) sotilmoqda.

Mavzuga doir: Foto: Ikkita motor, olti g‘ildirakka ega 40 yil oldingi “poyga maxluqi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют