» » “Piramida” va “Bildirsoy”, mehmonxona va fabrikalar: O‘zbekistonda xususiylashtiriladigan obyektlar ro‘yxati yangilandi

“Piramida” va “Bildirsoy”, mehmonxona va fabrikalar: O‘zbekistonda xususiylashtiriladigan obyektlar ro‘yxati yangilandi


O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xususiylashtiriladigan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangiladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.

Birinchi ro‘yxat iyun boshida, ikkinchisi — iyulda e’lon qilingandi. O‘tgan davr mobaynida u deyarli uch barobarga oshgan — yangi ro‘yxatda 65 ta korxona mavjud.

Ro‘yxatdan Toshkent viloyatidagi “Chorvoq” va “Bildirsoy” dam olish maskanlari, Xivadagi “Ichanqal’a” mehmonxona kompleksi va boshqa obyektlar o‘rin olgan.

Narxlar faqat aktivlarning bir qismi uchun ko‘rsatilgan, ko‘p holatlarda moliyaviy ko‘rsatkichlar ham keltirib o‘tilgan — shu orqali korxonaning daromadlari, aktivlari va kapitalining rentabelligi, foyda ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olish mumkin.

Davlat ushbu aktivlarni xususiy biznesga investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlar yaratilish va biznesni yanada rivojlanishi umidida sotmoqda.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining davlat ulushi Singapur kompaniyasiga sotilgan edi. Avgust oxirlarida Toshkentdagi “Chorsu” savdo markazi narxi 30 milliard so‘mga arzonlashtirilib, qayta sotuvga qo‘yilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют