» » Qozogiston koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini boshladi

Qozogiston koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini boshladi


Qozogistonda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi. Bu haqda Qozogiston Talim va fan vazirligiga tayanib, Interfaks xabar berdi.

Fan qomitasining Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi QazCovid-in vaksinasining klinik sinovlari boshlandi, deyiladi vazirlik xabarida.

Malum qilinishicha, birinchi va ikkinchi faza doirasida kongillilarni emlash otkaziladi. Jahon sogliqni saqlash tashkiloti buning uchun ruxsat bergan. Kongilli sifatida 244 kishi ishtirok etishi mumkinligiga qaramasdan, ilmiy-tadqiqot institutiga qisqa vaqt ichida xohlovchilardan koplab arizalar kelib tushgan. Elon berilganidan bir necha kun otgach biz qabulni toxtatishga majbur boldik, deyiladi xabarda.

Vazirlik tomonidan takidlanishicha, 26-iyul kuni QazCovid-in vaksinasini dastlab yetti, keyin 20 nafar tadqiqotchi olim qabul qilgan. Ularda osuvchi immunitet shakllangan, tahlillar natijalari vaksinaning xavfsizligini va yuqori immunogenlikka ega ekanligini korsatgan. Vaksinani qabul qilgan xodimlar hozirgi paytda ozini yaxshi his qilmoqda va ishini davom ettirmoqda.

Jahon sogliqni saqlash tashkiloti 15-may kuni Qozogistonda yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinani nomzod vaksinalar royxatiga kiritgan. 29-avgustda esa mazkur vaksina klinik sinovlarga ruxsat berilgan vaksinalar qatoridan orin olgan.

Qozogistonlik olimlar koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishni boshlagani haqida mart oyi oxirlaridamalum bolgandi. 1-avgust kuniQozogiston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinatsiya markazida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi emlashotkazildi.

Qozogistondakoronavirusga qarshivaksinani ishlab chiqargan shaxs Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutining ota xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi rahbari, veterinariya fanlari doktori Lespek Kutumbetov ushbu preparatni birinchilardan bolibozida sinovdan otkazdi.

Avvalroq Qozogistonda yaratilayotgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik bosqichdan oldingi sinovi yakunlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (17-09-2020, 20:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -