» » O‘zbekistonda 17-sentabr kuni 599 kishida koronavirus aniqlandi. COVID-19 oqibatida 11 yoshli bola vafot etdi

O‘zbekistonda 17-sentabr kuni 599 kishida koronavirus aniqlandi. COVID-19 oqibatida 11 yoshli bola vafot etdi


O‘zbekistonda 16-sentabr soat 23:30 dan 17-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 599 ta holat qayd etildi. Bu so‘nggi 7 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 49761 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,2 foizi 17-sentabrga to‘g‘ri keldi.

Yangi kasallangan 599 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 11 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Faqat Jizzax, Farg‘ona va Xorazmda yangi bemorlar aniqlanmadi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Oxirgi 10 kunda kunlik kasallanish holatlari nazorat ko‘rsatkichidan baland bo‘lmoqda.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 64 yoshli K.E. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 56 yoshli G.Sh. ismli ayol vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyatida yashagan 59 yoshli E.N. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashagan 69 yoshli B.T. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakili, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Dildora Umarova koronavirus infeksiyasidan vafot etdi.

Oltinchi o‘lim. Toshkent viloyati Angren shahrida yashagan 44 yoshli X.T. ismli erkak vafot etgan.

Yettinchi o‘lim. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashagan 11 yoshli M.U. ismli o‘g‘il bola vafot etdi. U O‘zbekistonda koronavirusning eng yosh qurboni bo‘ldi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют