» » Allergiya fonida keladigan koronavirus kasalligi nafas siqishi kabi alomatlarga olib kelishi mumkinligi aytildi

Allergiya fonida keladigan koronavirus kasalligi nafas siqishi kabi alomatlarga olib kelishi mumkinligi aytildi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova kuz—qish mavsumida kuzatiladigan allergik yo‘talni koronavirus alomatlaridan qanday farqlash mumkinligiga aniqlik kiritib o‘tdi.

Mavzuga doir: Allergiyasi bor bemorlar koronavirus yuqtirmaganligini aniqlashda nimalarga e’tibor qilishi lozimligi aytildi

Kuz—bahor mavsumining boshlanishi, havo harorati sovib borishi bilan ayrim kasalliklar yuzaga chiqadi. Bular orasida, ayniqsa, allergiya kasalligi ko‘pchilikni bezovta qiladi. Allergik yo‘tal uzoqroq davom etadi va mavsumiy bo‘ladi. U kuzda va bahorda kuzatiladi. Allergiyasi bor bemorlar shu davrda o‘zining allergolog shifokori bilan maslahatlashishi kerak. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, koronavirus yo‘taldan tashqari o‘zining bir qator simptomlari bilan keladi, masalan, tana harorati ko‘tarilishi, mushaklarda og‘riq, nafas qisishi, ta’m va hid yo‘qolishi va hokazolar. Agar farzandingizda yo‘taldan tashqari shu belgilar ham namoyon bo‘lsa, hududiy poliklinikaga murojaat qiling. Chunki allergiya fonida keladigan koronavirus kasalligi nafas siqishi kabi alomatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun farzandingizda kasallik alomatlari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling.

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tong soat 06:00 da tasdiqlangan edi. Birinchi bemor 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayol bo‘ldi. Keyinchalik uning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi va yana bir qarindoshida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangani ma’lum qilingan edi. Bundan tashqari, 15-mart kuni tongda Istanbuldan uchib kelgan o‘zbekistonlik erkakda, shuningdek, 14-mart kuni tongda Londondan uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirining ma’lum qilishicha, 16-mart holatiga 5,6 mingdan ortiq odam karantinga olingan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 15-sentabr soat 23:30 dan 16-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 597 ta holat qayd etilgan. Bu so‘nggi 6 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 49162 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,2 foizi 16-sentabrga to‘g‘ri keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют