» » Kia Janubiy Koreyadagi ikkita zavodini yopadi. Ishchilarda koronavirus aniqlangan

Kia Janubiy Koreyadagi ikkita zavodini yopadi. Ishchilarda koronavirus aniqlangan


Kia Motors kompaniyasi Janubiy Koreyadagi ikkita konveyrini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bunga xodimlar orasida koronavirusning keng tarqalgani sabab bo‘lgan, deb yozadi Motor.

Ikkala zavod ham Seul janubidagi Kvanmyon shaharchasida joylashgan. Zavodlarda jami 8 kishida koronavirus aniqlangan — ular konveyrning yig‘ish qismida ishlagan. 16-sentabr kuni kechasi zavodlar yopilgan va olti ming xodim o‘z uylariga jo‘natilgan.

Korxonalar davlat karantin organlari vakillari bilan konsultatsiya o‘tkazganidan keyingina qayta ochilishi mumkin. Ushbu zavodlar quvvatida K9 sedanlari, Stinger fastbeki, Carnival miniveni, Pride kompaktveni va Stonic krossoverlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 320 ming avtomobilga yetadi.

Kia Motor Janubiy Koreyada 8 ta va boshqa mamlakatlarda 7 ta fabrikaga ega: uchtasi Xitoyda, AQSh, Slovakiya, Meksika va Hindistonda bittadan. Kompaniya yiliga jami 3,84 million avtomobil yig‘ishga qodir.

Avvalroq Jizzax erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh zavodida noyabr oyidan boshlab eng yangi modellardan bo‘lgan KIA Seltos va KIA K5 avtomobillarini yig‘ish boshlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Video: Kia Seltos’ning soatiga 64 kilometr tezlikdagi krash-testi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют