» » Ozbekistonda COVID-19ga qarshi profilaktika va davolash maqsadida oqituvchilarga qaysi dorilar bepul berilishi malum qilindi

Ozbekistonda COVID-19ga qarshi profilaktika va davolash maqsadida oqituvchilarga qaysi dorilar bepul berilishi malum qilindi


AOKA huzuridagi shtabda17-sentabrkuni Xalq talimi vazirligi ishtirokida brifing bolib otdi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova koronavirus bilan kasallangan oqituvchilarni dori-darmon bilan taminlash boyicha malumot berib otdi.

2020-yilning 13-sentabrida Ozbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boyicha Respublika maxsus komissiyasining bayoniga asosan umumtalim muassasalarini koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, oqituvchi va xodimlarning koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishining oldini olish, profilaktika va davolash maqsadida ularninggidroksixloroxinvasinkpreparati bilan bepul taminlanishi kozda tutilgan.

Ushbu topshiriq yuzasidan Sogliqni saqlash vazirligining qoshma qarori imzolangan. Yuqorida nomlari keltirilgan dori-darmonlarni Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan manzilli yetkazish ishlari boshlangan, dedi Rustamova.

Eslatib otamiz, JSST gidroksixloroxinni koronavirusni davolashda samarasiz ekaninimalum qilgan edi. AQSh bosh infeksionisti ham ushbu preparatning koronavirusga qarshi samarasi biror mukammal tadqiqotda isbotlanmaganinitakidlab otgandi.

Biroq SSV vakili Habibullo Oqilovningfikricha, Ozbekiston oz tajribasiga asosan, Plakvenil (gidroksixloroxin)dan foydalanmoqda va bu samara beryapti.

JSST topshiriq beradigan tashkilot emas, u faqat tavsiya beruvchi tashkilot. Uning tavsiyalarini qabul qilish-qilmaslik har bir davlatning oziga bogliq. Ozbekiston mart oyidan beri shu kungacha koronavirus bilan kurashib, bu borada oz tajribasiga ega boldi. Shuning uchun biz boshqalarning tajribasiga qaramasak ham boladi, degan edi Habibullo Oqilov.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi azosi Laziz Toychiyev esa gidroksixloroxin preparati Ozbekistonga chet el davlatlardan gumanitar yordam sifatida kelayotganinitakidlab otgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (18-09-2020, 14:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -