» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 50 ming kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 50 ming kishidan oshdi


O‘zbekistonda 18-sentabr soat 18:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 259 kishiga ko‘payib, jami kasallanish holatlari soni 50 253 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Shu bilan birga, yana ikki bemor koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan — Shayxontohur tumanida yashagan 83 yoshli erkak hamda Zangiota tumanida yashagan 42 yoshli ayol.

Bugunning o‘zida Toshkent shahrida 253 nafar, Toshkent viloyatida 84 nafar, Namangan viloyatida 51 nafar, Buxoro viloyatida 23 nafar, Andijon viloyatida 13 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzalgan. Shunday qilib, O‘zbekistonda 46 527 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3307 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 419 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach vafot etganlar soni 437 nafarga yetgan.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotiga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 30 million kishidan oshdi.

Dunyo mamlakatlari orasida koronavirus qayd etilgan bemorlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda. Shu paytga qadar AQShda 6,6 milliondan ortiq kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan, 197 ming odam kasallik qurboniga aylangan, 2,5 million bemor kasallikdan tuzalgan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Hindiston (5,1 million), Braziliya (4,4 million) va Rossiya (1,085 million) egallab turibdi.

Universitetning O‘zbekistondagi koronavirusga chalinganlar bo‘yicha ma’lumoti 18-sentabr holatiga ko‘ra hali yangilanmagan. Shunga qaramay, mamlakat 56-o‘rinda ketmoqda — ro‘yxatda hamon Shveysariyadan oldinda. O‘zbekistondan oldinda Nigeriya (56,7 ming), Singapur (57,5 ming) va Kosta-Rika (60,8 ming) o‘rin olgan.

Mavzuga doir: SSV tomonidan koronavirus oqibatida vafot etgani aytilgan 11 yoshli bo‘stonliqlik bola bir necha yildan beri og‘ir tashxis bilan dispanser nazoratida turgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют