» » Shayxontohur tumanidagi yana bir maktabda an’anaviy o‘quv jarayoni vaqtincha to‘xtatildi

Shayxontohur tumanidagi yana bir maktabda an’anaviy o‘quv jarayoni vaqtincha to‘xtatildi


Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 59-sonli maktabda 17-sentabrdan boshlab an’anaviy o‘quv jarayoni koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash maqsadida 2020-yil 14-sentabrdan boshlab 137 ta maktab o‘z faoliyatini boshlagan.

Boshqarma xabariga ko‘ra, 18-sentabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumta’lim muassasasidan quyidagi 136 tasi an’anaviy tarzda faoliyat ko‘rsatmoqda:

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi 14-sentabrdan boshlab 139 ta maktab o‘z faoliyatini an’anaviy shaklda boshlagani to‘g‘risida xabar bergandi. Darslar boshlanganidan bir kun o‘tib, ya’ni 15-sentabr kuni Shayxontohur tumanidagi 40, 262-sonli maktablarda an’anaviy o‘quv jarayoni koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 102) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют