» » AQShda 20-sentabrdan boshlab TikTok va WeChat dasturlarini yuklab olish taqiqlanadi

AQShda 20-sentabrdan boshlab TikTok va WeChat dasturlarini yuklab olish taqiqlanadi


AQSh prezidenti Donald Trampning farmoniga asosan AQShda 20-sentabrdan boshlab Xitoyning TikTok va WeChat dasturlaridan foydalanishni cheklash rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

AQSh Savdo vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, 20-sentabrdan boshlab AQShda WeChat va TikTok mobil dasturlarini tarqatish va ularga hamkorlik qilish bo‘yicha har qanday xizmatni ko‘rsatish, shuningdek, onlayn do‘konlar orqali ularni yangilash taqiqlanadi.

Bundan tashqari, 20-sentabrdan boshlab AQShda pul o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida WeChat dasturi orqali har qanday xizmatni ko‘rsatishga ham taqiq qo‘yiladi.

Shuningdek, 20-sentabrdan WeChat, 12-noyabrdan TikTok uchun ularning AQShda ishlashiga imkon beruvchi internet-xosting xizmatlarini ko‘rsatish taqiqlanadi. Mazkur taqiqlarni qo‘llashdan maqsad AQSh fuqarolari va milliy xavfsizlikni himoya qilish hisoblanadi.

AQSh savdo vaziri Uilbur Rossning ma’lum qilishicha, WeChat mamlakatda 20-sentabrdan bloklanadi, TikTok’ni esa 12-noyabrdan taqiqlash rejalashtirilmoqda. Vazirning qayd etishicha, AQShdagi TikTok foydalanuvchilari hozircha dasturdan foydalanish imkoniyatini saqlab qoladi, chunki dasturning amerikalik foydalanuvchilari ma’lumotlari xavfsizligi bo‘yicha xavotirlarni bartaraf qilishi mumkin bo‘lgan muzokaralar olib borilmoqda.

Savdo vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, Xitoy AQSh milliy xavfsizligi, xalqaro siyosati va iqtisodiyotiga tahdid qilish uchun vositalar va sabablarga ega. “Bugun e’lon qilingan choralar amerikalik foydalanuvchilarni himoya qiladi, chunki ular dasturlardan foydalanish va ularning ishlash imkoniyatini sezilarli darajada cheklaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

“E’lon qilingan harakatlar prezident Tramp milliy xavfsizlikni kafolatlash va amerikaliklarni Xitoy Kommunistik partiyasidan chiqayotgan tahdidlardan himoya qilish uchun qo‘lidan keladigan barcha ishlarni qilayotganini yana bir bor isbotlaydi”, — deya ma’lum qilgan Uilbur Ross.

Donald Tramp 2020-yilning 6-avgust kuni AQShda TikTok’ni bloklashni ko‘zda tutuvchi farmonni imzolagan. Farmonga ko‘ra, agar xizmatning AQShdagi operatsiyalari amerika kompaniyasiga sotilmasa, TikTok AQShda hujjat imzolanganidan 40 kundan keyin bloklanishi nazarda tutilgandi. Shu tariqa, Donald Tramp ByteDance kompaniyasiga shartnoma tuzish uchun 20-sentabrgacha muhlat bergandi. Shuningdek, Tramp ana shu sanada WeChat’ni bloklashni ham va’da qilgandi.

Keyinroq, 14-avgust kuni Tramp yangi farmon imzoladi. Yangi farmonga ko‘ra, TikTok’ning ehtimoliy shartnoma tuzish muddati 90 kun etib belgilandi va bu muddat 12-noyabrgacha yakunlanishi kerak.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют