» » O‘zbekistonda 18-sentabr kuni 617 kishida koronavirus aniqlandi. Olti nafar bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 18-sentabr kuni 617 kishida koronavirus aniqlandi. Olti nafar bemor vafot etdi


O‘zbekistonda 17-sentabr soat 23:30 dan 18-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 617 ta holat qayd etildi. Bu so‘nggi 8 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50378 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,2 foizi 18-sentabrga to‘g‘ri keldi.

Yangi kasallangan 617 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 8 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Oxirgi 11 kunda kunlik kasallanish holatlari nazorat ko‘rsatkichidan baland bo‘lmoqda.

Toshkent shahrida 420 kishida koronavirus aniqlandi. Bu Toshkentda sentabr oyida eng ko‘p kasallik aniqlangan kunlar orasida ikkinchi natijadir. 11-sentabr kuni poytaxtda 510 kishida koronavirus qayd etilib, nafaqat sentabr oyining, balki butun epidemiya mavsumi davomidagi antirekord o‘rnatilgandi. Sentabrning 18 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 5040 nafarga ko‘paydi. Bu butun O‘zbekiston bo‘yicha kasallanish holatlarining 10 foiziga teng deganidir.

Toshkent viloyatida 10-sentabr kuni 186 kishida COVID-19 aniqlanganidan so‘ng kunlik kasallanish holatlari pasaymoqda: 11-sentabrda 182, 12-sentabrda 162, 13-sentabrda 143, 14-sentabrda 130, 15-sentabrda 128, 16-sentabrda 126, 17-sentabrda 125 va 18-sentabrda 123 kishida koronavirus qayd etildi. Sentabrning o‘zida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 2182 nafarga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 9387 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 18,6 foiziga tengdir.

Buxoro viloyatida 21 kishida koronavirus qayd etildi. SSV ma’lumotlari bo‘yicha sentabr oyida viloyatda kasallikka chalinganlar soni 79 nafarga ko‘paydi. Ammo 13-sentabr kuni o‘tkazilgan brifingda Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyeva viloyatda 239 nafar o‘qituvchi va maktab xodimi koronavirusga chalinganini ma’lum qilgandi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev esa bu xabarni rad etib, maktab xodimlarining testi birlamchi ekanligi, ulardan qayta test olinishini bildirgandi. Hozirda Buxoroda koronavirusga chalinganlar soni rasman 1125 nafarni tashkil etmoqda.

SSV Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

Birinchi o‘lim. Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashagan 78 yoshli O.Sh. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashagan 36 yoshli S.V. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 83 yoshli T.M. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 42 yoshli D.M. ismli ayol vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashagan 71 yoshli A.T. ismli erkak vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashagan 41 yoshli D.Ya. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 421 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 439 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan. 16-sentabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshda vafot etdi. “Daryo” manbalari uning koronavirusdan davolanayotgan bo‘lganini ma’lum qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3312 nafar bemordan 489 nafari og‘ir, 254 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

18-sentabr kuni O‘zbekistonning 7 ta hududida 553 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 378 nafar bemordan 46 645 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 92,6 foizni tashkil etmoqda. 5—9-sentabr kunlari davolanish ko‘rsatkichi pandemiya davrida ilk marta 94 foizga chiqqandi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют