» » Shavkat Mirziyoyev maktab oqituvchilarining kopchiligida koronavirus aniqlanayotganini aytdi

Shavkat Mirziyoyev maktab oqituvchilarining kopchiligida koronavirus aniqlanayotganini aytdi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni bolib otgan yigilishda mamlakatdagi koronavirus bilan bogliq vaziyat haqida gapirdi. Xususan, davlat rahbari maktablar ochilishi bilan bogliq vaziyatga toxtaldi.

Davlat rahbari maktablarda oquv yilining boshlanishi munosabati bilan oqituvchilardan koronavirus testi olinayotgani va ularning kopchiligida kasallik aniqlanayotganini malum qildi.

Biz maktabgacha talim, xalq talimi, oliy talimda oqishni boshlayapmiz. Maktabning har bir ota-onasi bilan gaplashib, talabga qarab chora-tadbirlar qilib, sharoit yaratyapmiz. Oqituvchilarni test qilganimizda, ming afsus, kopchiligida kasallik chiqyapti. Bu adolatli haqiqat, dedi Prezident.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati xalq talimi boshqarmasi boshligi Abdugani Himmatov Daryoga viloyatda 855 nafar maktab xodimida koronavirus aniqlanganini malum qilgandi. Viloyat Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Sobir Murodov ham mazkur malumotni tasdiqlagandi. Biroq Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi viloyatda 855 nafar oqituvchi koronavirusga chalinganinirad etdi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida 13-sentabr holatiga 239 nafar maktab oqituvchisi va texnik xodimi koronavirusga chalingani aniqlangandi. Viloyat hokimi orinbosari Mirali Hamroyev esa bu xabarnirad etdi.

Eslatib otamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirus boyicha haqiqiy raqamlarni yashirishga urinish jinoiy javobgarlikkacha bolgan qatiy choralarga olib kelishi mumkinligidanogohlantirgandi.

Mavzuga doir: Ozbekistonda yuzlab oqituvchilarda koronavirus aniqlanmoqda. Lekin SSV barcha holatlarni ham rasmiy statistikaga kiritmayapti



Manba: Daryo.uz
: admin (19-09-2020, 06:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -