» » Shavkat Mirziyoyev: “Agar ichimlik suvini joyiga qo‘ymasak, odamlar bizdan rozi bo‘lmaydi”

Shavkat Mirziyoyev: “Agar ichimlik suvini joyiga qo‘ymasak, odamlar bizdan rozi bo‘lmaydi”


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-sentabr kuni ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda davlat rahbari ichimlik suvi bo‘yicha mamlakatdagi vaziyat yaxshi emasligini ta’kidlab o‘tdi. “Agar ichimlik suvini joyiga qo‘ymasak, odamlar bizdan rozi bo‘lmaydi”, — dedi Prezidenti.

Ma’lum qilinishicha, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash bo‘yicha farmon loyihasi tayyorlangan.

Qayd etilishicha, ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimidagi loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish, shuningdek, tariflarni belgilashni mahalliy kengashlar bilan kelishish tartibi joriy qilinmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimidagi loyihalar va tariflar mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bunday tizimning joriy etilishida hududlardagi deputatlar vaziyatni markazdagilardan ko‘ra yaxshiroq bilishi hisobga olingan.

Davlat rahbari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasiga to‘xtalib, ishni avvalo uzoq hududlardan boshlash kerakligini aytib o‘tdi.

Mavzuga doir:Abdulla Aripov va Ochilboy Ramatov O‘zbekiston hududlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha mas’ul bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 06:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют