» » Shavkat Mirziyoyev hokimlarga koronavirus bilan bog‘liq qishki vaziyatga tayyorlanish uchun bir hafta muddat berdi

Shavkat Mirziyoyev hokimlarga koronavirus bilan bog‘liq qishki vaziyatga tayyorlanish uchun bir hafta muddat berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda Toshkent shahri va viloyatlar hokimlariga kelayotgan qishdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga tayyorlanish bo‘yicha topshiriq berdi.

Davlat rahbari havo haroratining pasaygani sababli kasallanish holatlari, shuningdek, tez yordamga chaqiruvlar soni ortayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Prezident dori-darmon va mablag‘ zaxirasini tayyorlash zaruratini ko‘rsatib o‘tdi. Davlat rahbari televideniye orqali har kuni uch mahal aholiga ogohlikni eslatib, shamollash nima ekanligini tushuntirish va uni davolash yo‘llarini ko‘rsatish kerakligini qayd etdi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev hokimlarga kasallikka qarshi kurash va uning oldini olish bo‘yicha qishga tayyorgarlik qanday bo‘lishi haqida bir hafta ichida qaror qabul qilish yuzasidan topshiriq berdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi va O‘zbekiston bosh vaziri Toshkent shahri tumanlariga, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari viloyatlarga mazkur masala bo‘yicha mas’ul etib biriktirildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Katta-katta vazirlar ham kasal bo‘lib, 4-5 kun uyida o‘tiribdi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют