» » NFC’ga ega dunyodagi eng mustahkam smartfon iPhone 11 bilan o‘zaro taqqoslandi (video)

NFC’ga ega dunyodagi eng mustahkam smartfon iPhone 11 bilan o‘zaro taqqoslandi (video)


Avgust oyida Ulefone kompaniyasi 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi himoyalangan dunyodagi ilk telefonni taqdim etishini ma’lum qilgandi. Endi esa ishlab chiqaruvchi modelning muddatiga aniqlik kiritdi. Ulefoni Armor 8 5G noyabr oxirida 1000 dollar narxida sotuvga chiqarilishi kerak, deb xabar beradi IXBT.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi beshinchi avlod Ulefoni Armor 8 5G va iPhone 11 4G’ning o‘zaro ishlashi taqqoslangan video paydo bo‘ldi. Armor 8 5G’ning ma’lumotlarni yuklab olish tezligi 450 Mbit/soniyani tashkil etgan bo‘lsa, yuklash tezligi 114 Mbit/soniyaga teng. Shu bilan birga, iPhone 11’da esa ma’lumotlarni uzatish tezligi maksimum 40 Mbit/soniyaga yetgan.

Smartfon sakkiz yadroli, bir kristalli MediaTek Dimensity 800 bazasida yaratilgan bo‘lib, unga 8 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan. Qurilma ekranining o‘lchami 6,7 dyuymni tashkil etadi, frontal kamerasi esa tomchisimon qirqim ostiga joylashtirilgan.

Ulefoni Armor 8 esa 6,1 dyuymli displey, SoC Helio P60 protsessor, uchtalik kamera va sig‘imi 5580 mA/soatga teng akkumulyatorga ega bo‘ladi. Ushbu smartfon 140 dollarga baholangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют