» » 1-oktabrdan yurtimiz kinoteatrlarida jadidchi Is’hoqxon Ibrat haqidagi film namoyishi bo‘lib o‘tadi

1-oktabrdan yurtimiz kinoteatrlarida jadidchi Is’hoqxon Ibrat haqidagi film namoyishi bo‘lib o‘tadi


1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimiz kinoteatrlarida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Kinomaniya” studiyasi tomonidan suratga olingan “Ibrat” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi. Film shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, jadidchi Is’hoqxon Ibrat haqida bo‘lib, unda olimning mashaqqatga boy hayot yo‘li tasvirlangan.

Film qahramoni o‘ndan ortiq Sharq va G‘arb davlatlarida bo‘lib, ularning tili va madaniyatini mukammal o‘rgangan. Faoliyati davomida Turkistonda dastlabki tovush metodiga asoslangan jadid maktablarining tashkilotchisi va targ‘ibotchisi sifatida katta e’tibor qozondi. U noshir-matbaachi sifatida birinchilardan bo‘lib “Matbaai Is’hoqiya”ni tashkil qiladi va kitob nashrini yo‘lga qo‘yadi.

Shuningdek, Is’hoqxon Ibrat arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan, shu bilan birga, eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini chuqur o‘rgangan. Filmda Is’hoqxon Ibratning mashaqqatga boy hayot yo‘li tasvirlangan.

Film rejissori Jahongir Qosimov, ssenariy mualliflari Nurillo Abbosxon va Abduqayum Yo‘ldoshev, postanovkachi operator Rustam Murodov, postanovkachi rassom Doniyor Abdurahmonov, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy. Rollarda: Farhod Mahmudov, Saidkomil Umarov, Karim Mirhodiyev, Akbarxo‘ja Rasulov, Shahzoda Matchonova, Zulxumor Mo‘minova va boshqalar.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют