» » Shota Arveladze: “Shabob al-Ahli”ga qarshi ilk o‘yinimizdan keyin raqibda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi

Shota Arveladze: “Shabob al-Ahli”ga qarshi ilk o‘yinimizdan keyin raqibda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi


Osiyo Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida o‘tadigan “Paxtakor” va “Shabob al-Ahli” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda “Sherlar” ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘ylashimcha, dastlabki ikki o‘yin ham hal qiluvchi maqomida edi. Agar ochkolarga qarasak, bunday bahslar oldinda bizni kutib turibdi. Ushbu raqib bilan uzoq vaqt oldin, fevralda to‘qnash kelgandik. O‘shanda kuchli yomg‘ir yog‘gandi, maydonda suv bor edi. Shunga qaramay, juda yaxshi o‘yinga guvoh bo‘lgandik. Shundan beri “Shabob al-Ahli”da katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bosh murabbiy almashdi, bir necha yangi o‘yinchilar bor. Bu endi yangi to‘qnashuv. Barchasiga boqsak, bizni juda qiziqarli, muhim o‘yin kutmoqda. Biz kelajakka umid bilan boqamiz.

Raqib safida o‘zgarishlar borligini ta’kidlab o‘tdim. Karlos Eduardo juda yaxshi saviyadagi futbolchi. U chap qanotda va hujum ortida yaxshi o‘ynay oladi. Oxirgi bahsda aynan uning to‘p uzatishidan keyin gol urildi.

Har bir jamoa jismonan, taktik va individual ijrochilar tarafdan eng yaxshi oraliqni topa olsa, shunda eng kuchli klublar qatoriga kira oladi. Bunga erisha olgan esa eng yaxshi murabbiyga aylanadi. Biz bu o‘yinda o‘zimizni ko‘rsatishga urinamiz. Oson bo‘lmagan taqvim paytida futbolchilarni jismonan tetik saqlash juda muhim. Futbolda har bir o‘yin yangi to‘qnashuv, yangi adrenalin, yangi kundir.

Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

Shuningdek, “Paxtakor” himoyachisi Yegor Krimets ham o‘z fikrlarini bildirdi.

Qiyin va qiziqarli uchrashuv bo‘ladi deb o‘ylayman. Biz Chempionlar Ligasida aynan shunday darajadagi o‘yinlarda maydonga tushish uchun ham shu yerdamiz. O‘zbekiston va BAAning yetakchi klublari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ladi. Biz keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Mazkur bahsda buni uddalash imkoniyati bor.

“Shabob al-Ahli” bilan birinchi o‘yinda havo futbolga mos bo‘lmagandi, albatta. Lekin biz uchun ham maydonning sifatli bo‘lishi juda muhim. Biz ko‘p to‘p uzatishlar bilan, chiroyli va hujumkor futbol o‘ynay olamiz. Chiroyli gollar urishga qodirmiz.

Raqib uzun paslar bilan tez hujumlarga o‘tishini bilamiz. Bizda bu o‘yinga reja bor, ammo uni sizga ayta olmayman. “Shabob al-Ahli”ning bir necha o‘yinlarini o‘rgandik. Maydonda barchasini ko‘rasiz degan umiddaman.

Yegor Krimets, “Paxtakor” himoyachisi

“Shabob al-Ahli” — “Paxtakor” uchrashuvi 20-sentabr kuni 23:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют