» » Shota Arveladze: Derdiyok ham, Sergeyev ham yuqori saviyadagi hujumchi, ammo ularni birga o‘ynatish oson ish emas

Shota Arveladze: Derdiyok ham, Sergeyev ham yuqori saviyadagi hujumchi, ammo ularni birga o‘ynatish oson ish emas


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Mash’al” uchrashuvidan (3:1) so‘ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Raqib haqida iliq fikrlar aytmoqchiman. Ularning oxirgi uchta o‘yinini jiddiy kuzatdik. Ular Germaniya Bundesligasi jamoalari qo‘llayotgan taktik uslubda o‘ynamoqda. Bu 5-2-3 ga o‘xshaydi. Ancha qiziqarli taktika deb aytish mumkin. O‘zbekistonda bunday o‘ynayotgan ilk jamoa sifatida “Mash’al”ni aytaman. Jamoaning o‘zi ham ancha qiziqarli.

Biz maydonda yaxshiroq harakat qildik, ko‘plab imkoniyatlarni yuzaga keltirdik. Birinchi bo‘limda ko‘ngildagidek tez o‘ynay olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa to‘liq tashabbusga ega bo‘ldik. O‘ylashimcha, natija bahsga mos bo‘ldi. Lekin biz avvalgidek yaxshi holatga qaytish uchun ko‘p ishlashimiz kerak. Jismoniy jihatdan kichik muammolar ko‘zga tashlandi. Yanada ko‘proq mehnat qilib, eng yaxshi holatga qaytishga intilamiz.

Derdiyok ham, Sergeyev ham yuqori saviyadagi hujumchilar. Ehtimol, ularning birga o‘ynaydigan payti bo‘lib qolar. Bir-ikki marta uchrashuv oxirlarida shunday qildik. Ular bir xil uslubda o‘ynaydigan bo‘lgani uchun ko‘p birga o‘ynatish oson emas.

O‘yinlar davomida turli holatlar bo‘lishi mumkin. Shu sababli Farruh Sayfiyevni o‘ng qanotda, Akrom Komilovni esa chap qanot himoyasida o‘ynatib, o‘zimizni tekshirib oldik. Sadriddin Abdullayev uchun juda xursandman. U uzoq muddatli tanaffusdan keyin maydonga qaytdi. Bu bilan uni tabriklayman”, — deya Arveladzening so‘zlarini keltimoqda “Championat.asia”.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng “Paxtakor” ochkolarini 21 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют