» » David de Xea APLda 6 yildan beri penaltini qaytara olmayapti

David de Xea APLda 6 yildan beri penaltini qaytara olmayapti


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 2-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahsda “Manchester Yunayted” o‘z uyida “Kristal Pelas”ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Uchrashuvning 74-daqiqasida mezbonlar posboni David de Xea “Kristal Pelas” foydasiga belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini qaytara olmadi. Qayd etish joiz, avvaliga de Xea Jordan Ayyu tomonidan berilgan zarbani qaytargandi. Biroq hakamlar zarba berilayotgan vaziyatda Davidning darvoza chizig‘idan chiqib ketganligini qayd etdi va zarba qaytadan berilishini ko‘rsatdi. Qayta zarbani esa Uilfrid Zaha tepdi va nuqtadan adashmadi.

Opta xabariga ko‘ra, David de Xea APL doirasida ketma-ket 18 ta 11 metrlik jarima zarbasini qaytara olmadi. Ispaniyalik posbon so‘nggi bor ushbu musobaqa doirasida 2014-yil oktabrida seyv qilgandi. O‘shanda u “Everton” himoyachisi Leyton Beynsga gol urish imkoniyatini bermagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют