» » Shaxsiy biznesini yolga qoygan turk aktyorlari (foto)

Shaxsiy biznesini yolga qoygan turk aktyorlari (foto)


Aktyor daromadi ozgaruvchan. Ularning barchasidan ham doimiy ravishda suratga tushish talab etilavermaydi. Ammo yil davomida bir yoki ikki filmda korinish beradigan aktyorlar ozlarining faoliyatidan tashqari qoshimcha daromad keltiruvchi biznes bilan shugullanadi. Quyida qoshimcha biznesni yolga qoygan aktyor va aktrisalar bilan tanishish mumkin.

Chilparchin seriali aktyori mashhur Erkan Pettakayrestoran egasi. U Istanbul shahridagi Beykoz tumanida joylashgan restoranlarning biriga egalik qiladi. Aktyorga tegishli restoranda yongin ham kelib chiqqan, yaxshiki, u barcha xavfsizlik choralarini oldindan korib qoygan edi.

Chuqur seriali bilan tanish bolgan Chagatay Ulusoy ham tadbirkorlik faoliyatini yolga qoygan aktyorlardan. Aktyorning choy ishlab chiqaradigan xususiy kompaniyasi mavjud. Ayni damda aktyor oz mahsulotini AQSh savdo tarmoqlarida sotuvga qoygan. Chagatay ishlab chiqarayotgan choy mahsuloti hozirda urf bolgan yaxna ichimlik kabidir.

Muhtasham yuz yil seriali yulduzi Merve Bolugur dastlab malum muddat davomida Maybelline kosmetika brendining Turkiyadagi yuzi bolgan va ozining ham kosmetik vositalariga asos solgan. Aktrisa qizil lab boyogini yaxshi korganligi uchun, avvalo, etiborini shunga qaratishdan boshladi. Ammo kop otmay aktrisa kasodga uchradi hamda kosmetika brendini tugatdi.

Muhtasham yuz yil seriali qahramoni Engin Ozturk dosti yulduz Barish Arduch bilan sheriklikda biznes boshlagan. Dostlar Istanbulning obroli Nishantashi tumanida tungi klubga ega.

Bir necha serial orqali tanilib, son-sanoqsiz muxlislarga ega bolgan Burak Ozchivit ham ozini restoran biznesida sinab kordi. Aktyorning Istanbulda Balibey Doner nomi ostida qahvaxonasi bor.

Muhtasham yuz yil serialining bosh qahramoni Maryam Uzerli esa boshqa davlatda biznesini yolga qoydi. U Germaniyaning poytaxti Berlinda Nosh Nosh nomli ajoyib va shinam qahvaxona ochdi. Maryam Uzerli qahvaxona eshigiga Marhamat, ozingizni uyingizdagidek his eting va mahsulotlarimizdan bahramand boling, ? deb yozdirib qoygan .

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (20-09-2020, 18:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -