» » Superliga. “Lokomotiv” bir o‘yinchi kam bo‘lib qolganiga qaramay “Buxoro”ni taslim etdi

Superliga. “Lokomotiv” bir o‘yinchi kam bo‘lib qolganiga qaramay “Buxoro”ni taslim etdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 16-turida “Buxoro” va “Lokomotiv” jamoalari 20-sentabr kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Temurxo‘ja Abduxoliqov mehmonlar oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan to‘rt daqiqa o‘tib Marat Bikmayev jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda jamoasining ikkinchi golini urdi.

27-daqiqada Azizbek Amonov qanotdan uzatilgan to‘pga boshi bilan zarba bergan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida “temiryo‘lchilar” bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi: Shuhrat Muhammadiyev ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘limda buxoroliklar Behruz Sa’dulloyevning goli bilan javob qaytarishga erishdi va 1:3 hisobi o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.

Shu tariqa ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan “Lokomotiv” ochkolarini 21 taga yetkazib olgan holda 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Buxoro” (8) esa 13-pog‘onada bormoqda.

Coca-Cola Superliga

16-tur bahsi

Gollar: 0:1 – 15 Abduxoliqov, 0:2 – 19 Bikmayev, 0:3 – 27 Amonov, 1:3 – 60 Sa’dilloyev.

“Buxoro”: Zafar Safayev, Mirjalol Jumayev, Anvar Jo‘rayev (Ergash Ismoilov 26), Jasur Hakimov (Shahzod Beshimov 81), Aziz Ibragimov (Izatilla Abdullayev 72), Jasur Hasanov (Abror Xusinov 46), Behruz Sadilloyev, Bekzod Saidov, Ilhomjon Alijonov, Maksimilian Fomin, Solibek Karimov (Abbosbek Jumaqulov 46).

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Jahongir Abdumo‘minov (Kaxi Maxaradze 56), Slavko Damyanovich (Abdulaziz Yusupov 74), Marat Bikmayev (Javohir Alijonov 61), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Azizbek Amonov (Jaloliddin Jumaboyev 46), G‘ulom Haydar G‘ulomov, Dilshodjon Komilov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod Fayziyev, Diyorjon Turopov (Shahzod Shaymanov 56).

Ogohlantirishlar: Hakimov (33), Ismoilov (35), Muhammadiyev (35).

Chetlatish: Muhammadiyev (41).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют