» » Saudiya harbiylari Madinadagi Payg‘ambar (s.a.v.) masjidiga hujumga aloqador jangarilarni qo‘lga oldi

Saudiya harbiylari Madinadagi Payg‘ambar (s.a.v.) masjidiga hujumga aloqador jangarilarni qo‘lga oldi


Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari xodimlari Madinadagi Payg‘ambar (s.a.v.) masjidiga hujum bilan bog‘liq terrorchilar yacheykasini fosh qildi, deb yozadi “TASS” qirollik ichki ishlar vazirligiga tayanib.

Saudiyaning Jidda shahrida ikkita tumanga uyushtirilgan reydlar chog‘ida, tergov versiyasiga ko‘ra, qirollikdagi ketma-ket teraktlarga aloqador guruhga kiruvchi 46 nafar jangarini qo‘lga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. Jangarilar o‘zlari ijaraga olgan uy-joylarda portlovchi moddali kamarlar va qo‘lbola portlovchi qurilmalarni yasash uchun laboratoriyalar tashkil qilgan. Ta’kidlanishicha, hujum chog‘ida ikki terrorchi o‘zini portlatib yuborgan.

Muassasa ishonch bildirishicha, Jiddada yaratilgan kamarlar 2016-yil yozida Madinadagi Payg‘ambar (s.a.v.) masjidiga, 2015-yilda Asir viloyatidagi harbiy xizmatchilar masjidiga qilingan hujumlarda qo‘llanilgan.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют