» » Bill Geyts koronavirus pandemiyasi 2022-yilda yakunlanishini prognoz qildi

Bill Geyts koronavirus pandemiyasi 2022-yilda yakunlanishini prognoz qildi


Microsoft asoschisi Bill Geyts Fox telekanaliga bergan intervyusida koronavirus pandemiyasi eng yaxshi holatda 2022-yili yakunlanishini ma’lum qildi. Fox Geyts bilan intervyuni milliarder tomonidan asos solingan fond COVID-19’ga qarshi kurashga 650 million dollargacha xayriyani amalga oshirganidan so‘ng e’lon qildi, deb xabar beradi “RBK”.

“Epidemiya taxminan 2022-yilga borib yakunlanadi. Ammo virus tarqalishiga qarshi kurash choralariga global darajada yondashadigan bo‘lsak, 2021-yil davomida biz uning tarqalish ko‘rsatkichini kamaytirishimiz mumkin. Xudoga shukr, vaksina texnologiyasi hozirda bor, moliyalashtirish ham yetib keldi, kompaniyalar eng yaxshi mutaxassislarni bunga jalb etgan. Shu sababli optimistik jihatdan bu abadiy davom etmaydi degan umiddaman”, — deydi Geyts.

Geytsning fikricha, Qo‘shma Shtatlar normal hayot tarziga vaksina yaratish sohasida erilishgan yutuqlar sabab 2021-yilning yoziga borib qayta olishi mumkin. Shu bilan birga, Geyts AQShning kambag‘al davlatlar uchun vaksina ishlab chiqarib, uni tarqatishga harakat qilmayotganidan hafsalasi pir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Bill Geytsning fondi tomonidan koronavirusga qarshi kurash yo‘lida xayriya qilingan 650 million dollar bu kabi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan rekord summa hisoblanadi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2020-yilning oktabr—noyabr oylarida Yevropada koronavirus oqibatida o‘limlar sonining ortishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar oyida Bill Geyts Xitoyga koronavirus bilan kurashish uchun 5 million dollar ajratgandi.

Mavzuga doir: Donald Tramp chorak yillik maoshini koronavirusga qarshi kurash yo‘liga xayriya qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют