» » O‘zbekistonda taksi faoliyati uchun litsenziyani avtomatik olish tartibi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda taksi faoliyati uchun litsenziyani avtomatik olish tartibi joriy etilishi mumkin


O‘zbekistonda taksi xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya saqlanib qolishi, ammo uni avtomatik tarzda olish imkoniyati yaratilishi mumkin. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, “Kun.uz” nashri xabar berdi.

Kutilayotgan o‘zgarishga ko‘ra, taksi haydovchilari soliq organlari veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyani avtomatik tarzda qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, haydovchilar o‘z-o‘zini mehnat bilan band qilgan shaxslar toifasiga kiritiladi.

“Ayni paytda turli versiyalar ustida ish olib borilyapti: haydovchilar mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi agregatorlarga ulanishi sharti bilan o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida tan olinishi mumkin. Negaki mijozlar haydovchi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, sodir etilishi mumkin bo‘lgan noxushliklarning oldini olish kerak. Bu holatda haydovchilar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.

Bundan tashqari, soliq organlari veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyani o‘sha zahoti avtomatik tarzda olishi mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, masalaning moliyaviy yechimlari bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelinmagan. Davlat soliq qo‘mitasi, Transport hamda Moliya vazirliklari bu borada hamkorlikda ish olib bormoqda.

Avvalroq Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov taksichilarni ham o‘z-o‘zini band qilganlar ro‘yxatiga qo‘shish bo‘yicha ish ketayotgani va bu bo‘yicha 1-2 oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 19-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘zini o‘zi band qilayotgan, kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilangan edi. Yig‘ilishda Prezident tomonidan taksi haydovchilari ham daromad solig‘idan ozod etilishi qayd etib o‘tilgandi. Biroq iyun boshlaridan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ko‘paygan, lekin ular orasida Prezident aytgan taksichilar yo‘q edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют