» » Tovuq go‘shti solinadigan qovoqli quyuq sho‘rva tayyorlaymiz

Tovuq go‘shti solinadigan qovoqli quyuq sho‘rva tayyorlaymiz


Kuz fasli kirib kelishi bilan qovoq qo‘shilgan taomlar ko‘proq iste’mol qilinadi. Qovoq qo‘shib pishirilgan sho‘rva ham mazali, ham vitaminlarga boy taom hisoblanadi.

Kerakli mahsulotlar:

Tayyorlanish jarayoni:

Kartoshka, sabzi va qovoq tozalab olinadi.

Tovuq filesi yuvilib, bo‘laklarga bo‘linadi.

Bo‘laklangan tovuq filesi 750 ml suvga solib qaynatiladi. Qaynab chiqqach, suv yuzasidagi ko‘piklar olinib, olov pasaytiriladi va 25 daqiqa davomida pishiriladi.

Qovoq va kartoshka kattaroq, sabzi esa kub shaklida to‘g‘raladi.

Piyoz parrak qilib to‘g‘raladi.

Sariyog‘ tovada ertilib, piyoz 3 daqiqa davomida qovuriladi.

Sabzi ham qo‘shib, yana 5 daqiqa davomida qovuriladi. Aralashma tovadan sovitish uchun boshqa idishga olinadi.

Oq non yirik kub shaklida bo‘laklanib, quruq tovada qovuriladi.

Bu vaqt mobaynida tovuq filesi tayyor bo‘ladi.

Sho‘rvadan tovuq filesi olinadi, qovoq, kartoshka va tuz solinib, 10 daqiqa davomida qaynatiladi.

Qattiq pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.

Sho‘rvaga qovurilgan piyoz va sabzi qo‘shiladi va barcha mahsulotlar yumshaguncha qaynatishda davom ettiriladi.

Pyure tayyor bo‘lgach, blendr yordamida hamma mahsulot aralashtiriladi.

Sarimsoq tozalanib, maydalanadi. Pyurega ziravor, sarimsoq va pishloq solinadi. Ustidan yarimta limon bo‘lagining sharbati siqiladi. Yaxshilab aralashtirilib, yana olovga 5 daqiqaga qo‘yiladi.

Qaynatilgan tovuq go‘shti to‘g‘raladi. Ko‘katlar ham mayda to‘g‘raladi. Sho‘rva ustiga go‘sht, ko‘kat, qotirilgan non bo‘laklari va smetana solinadi.

Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют