» » Xitoyda Rossiyadan keltirilgan muzlatilgan dengiz mahsulotlari qadog‘idan koronavirus topildi

Xitoyda Rossiyadan keltirilgan muzlatilgan dengiz mahsulotlari qadog‘idan koronavirus topildi


Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Szilin provinsiyasida Rossiyadan import qilingan muzlatilgan kalmarlar qadog‘idan koronavirus topildi, deb xabar bermoqda Meduza Sinxua agentligiga tayanib.

Mahsulotlarning tashqi qadoqlaridan namunalar provinsiya poytaxti Changchun shahrida o‘tkazilgan muntazam tekshiruv paytida olingan. Ikki marta testdan otkazilgan va ikkovining natijasi musbat chiqqan.

Kalamarlarning virus topilgan qadog‘ini ushlagan barcha kishilar tibbiy kuzatuvga olingan. Ularda infeksiya topilmagan.

Og‘irligi 10 kilogramm bo‘lgan shunday dengiz mahsulotlarining yana bir partiyasi Fuyyuy shahriga keltirilgan. Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari mahsulotga tegingan bo‘lishi mumkin bo‘lgan kishilarni qidirmoqda.

Xabarda aytilishicha, koronavirus zarralari Xitoyga import qilingan mahsulotlar orqali kirib kelishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. 18-sentabr kuni shu sabab bilan Indoneziyaning PT. Putri Indah kompaniyasi ishlab chiqargan dengiz mahsulotlari importi vaqtinchalik to‘xtatilgan. Avgust oyida virus zarralari Xitoy sharqiga Ekvadordan keltirilgan krevetkalar qadog‘ida topilgan.

Xitoy 2019-yilning dekabrida yangi koronavirus infeksiyasi qayd etilgan dunyodagi birinchi davlat bo‘lgandi. Ayni paytda mamlakatda COVID-19’ning mahalliy o‘choqlari aniqlanmoqda. Barcha yangi kasallanish holatlari chetdan kirib kelgan deb hisoblanmoqda.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют