» » Koronavirusdan tuzalgan bemorlar yana 90 kun virus tarqatishi rostmi? O‘zbekistonlik mutaxassis javobi

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar yana 90 kun virus tarqatishi rostmi? O‘zbekistonlik mutaxassis javobi


COVID-19 kasalligini o‘tkazgan ba’zi bemorlar organizmidagi qon tarkibida 90 kungacha virus aylanib yurishi tasdiqlangan. Ayni davrda inson virus tarqatuvchi bo‘lib yurishi haqidagi ma’lumotlar to‘liq tasdiqlanmagan. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda ma’lum qildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlarga uning boshqa turlaridan himoyalanish tavsiya etildi

Bu davrda inson tarqatuvchi sifatida bo‘lib yurishi haqida bir necha olimlar yozmoqda, lekin ayni ma’lumotlar to‘liq tasdiqlanmagan. Lekin kasallikni o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir o‘tkazgan bemorlar bir oy va undan ko‘p muddat jarayonni boshdan kechirmoqda, bu inson organizmiga tushgan virus yuklamasi, unga nisbatan organizmning javob reaksiyalariga ham bog‘liq. Bugungi kunda virusni tarqatuvchanligi, kasallikning organizmda keltirib chiqaruvchi alomatlari, organizmning javob reaksiyasi, kasallik asoratlanishi va reabilitatsiya jarayoni bo‘yicha shifokor va olimlar doimiy ravishda izlanishlar olib bormoqda. Bu esa yana bir bor, kasallangan bemorlarni alohidalanishi, yaqinlari, farzandlari va ota-onalari bilan borish-kelishni kamaytirishlari, umuman, uydan tashqariga chiqishni cheklashlari kerakligini bildiradi.

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi

Avvalroq O‘zbekistonda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalinganlarning qayta kasallanishi holatlari kuzatilmagani, koronavirusdan tuzalgan bemorlarda 3 oygacha antitanalar saqlanib qolinishi aytilgan edi. Eslatib o‘tamiz, Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov virusli kasalliklar, ayniqsa, respirator kasalliklar bilan og‘rigan odamlarda hosil bo‘lgan immun tizimi orttirilgan immunitet hisobiga ushbu kasallik bilan qayta kasallanishga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan.  Shuningdek, Maxsus komissiya tomonidan kerakli sharoitlarga ega bo‘lgan xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatuvchi laboratoriyalarga ham koronavirusni aniqlovchi polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR), immunoferment tahlil (IFA) va IXLA tahlillarini o‘tkazish huquqi berilgani qayd etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют