» » Koronavirusdan tuzalgan bemorlar vaksina olishi shartmi? Mutaxassis javobi

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar vaksina olishi shartmi? Mutaxassis javobi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva koronavirus bilan og‘rib tuzalgan bemorlar vaksina olishlari zarurligi borasidagi savolga javob berib o‘tdi.

“Ba’zi ilmiy tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, koronavirus bilan og‘rib tuzalgan bemorlar vaksina olishi shart emas. Kasallikdan tuzalganlarda qonda antitana mavjudligini tekshirish lozim. Agar COVID-19’ga qarshi antitana mavjud bo‘lsa, bu holatda vaksinatsiya o‘tkazish zarur bo‘lmaydi”, — deydi mutaxassis.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda antitana tahlili o‘tkazilib, aholining qancha qismida koronavirusga immunitet borligi aniqlanadi

Eslatib o‘tamiz, iyul oyining oxirida O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidov va Sinopharm Group kompaniyasi rahbari Lyu Szinchjen bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda vaksina klinik sinovlarning uchinchi fazasini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi ko‘tarilgan. Shuningdek, avgust oyining boshida Xitoy Fanlar akademiyasi va Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari uchinchi bosqichi O‘zbekistonda ham bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgan.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov koronavirusga qarshi antitanani aniqlashda eng informativ test bu IXLA usulidagi test ekanligini ma’lum qilgan. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlarga uning boshqa turlaridan himoyalanish tavsiya etilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют