» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar orasida qaysi kasalliklar bo‘yicha murojaatlar ko‘paygani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar orasida qaysi kasalliklar bo‘yicha murojaatlar ko‘paygani ma’lum qilindi


Koronavirusdan so‘ng organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi, virus qaysi a’zolarga kuchli ta’sir o‘tkazishi bo‘yicha tahlillar o‘tkaziladi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Sevara Ubaydullayeva “Shifobaxsh” Telegram kanaliga ma’lum qildi.

Sevara Ubaydullayevaning aytishicha, koronavirusdan davolangandan so‘ng oshqozonosti bezi, oshqozon va ichak kasalliklari bo‘yicha murojaatlar ko‘proq kelib tushmoqda.

“Koronavirus o‘pkada kechsa ham, oshqozon, oshqozonosti bezi, ichak, o‘t pufagidagi jarohatlar bir yarim, ikki oylab uzoq tiklanmoqda. Asab tizim kasalliklari bor insonlarga ham kuchi ta’sir qilayotgani kuzatilmoqda. Hozircha bu kuzatishlarimiz natijasi. Kelajakda koronavirusdan so‘ng organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi, virus qaysi a’zolarga kuchli ta’sir o‘tkazishi haqida tahlil natijasini beramiz”, — dedi mutaxassis.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa davlatlari orasida ko‘proq Osiyo irqiga xos va qoni rezus-manfiy bo‘lgan insonlarda virusning yuqishi, kasallikni og‘irroq kechirishga moyilligi yuqoriligi kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют