WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘ktam Barnoyevning xonadonida bo‘lib, uning oilasiga ta’ziya bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘ktam Barnoyevning xonadonida bo‘lib, uning oilasiga ta’ziya bildirdi
O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, senator O‘ktam Barnoyev 20-sentabr kuni vafot etgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni ta’ziyali xonadonga tashrif buyurdi, Qur’on tilovat qilindi.
Shavkat Mirziyoyev marhumning onasi, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi. Prezident marhumning oilasi, farzandlari doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidlagan.
“O‘ktam Barnoyevning oila a’zolari davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, xalqimizga osoyishtalik, sihat-salomatlik tilab duo qildilar”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?