» » “Gapirmasam ham meni tushunardi”. Shavkat Mirziyoyev — O‘ktam Barnoyev haqida

“Gapirmasam ham meni tushunardi”. Shavkat Mirziyoyev — O‘ktam Barnoyev haqida


Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning hayotini saqlab qolish uchun O‘zbekiston rahbariyati “qo‘lidan kelgan hamma narsani qildi”. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni marhumning xonadoniga uning oila a’zolaridan ko‘ngil so‘rab borganida aytib o‘tdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, O‘ktam Barnoyev uni “gapirmasam ham tushunardi”.

O‘ktamjon olijanob, zabardast, fidoyi, vatanparvar, o‘rnak olishga arzigulik inson edi. Bosh vazir paytlarimda ham birga ishladik. Gapirmasam ham meni tushunardi.

Bir insonning tarbiyalanib, shunday kadr bo‘lib yetishishi oson emas. Ayniqsa, oxirgi paytlar og‘ir sohani berib, ko‘nglim tinchib, ko‘p ishlarni boshlagan edik.

Bu ofat butun dunyoga keldi. Qo‘limizdan kelgan hamma narsani qildik. Lekin o‘lim haq. Allohning irodasi ekan. Bu hammamizga musibat. Joyi jannatda bo‘lsin.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют