» » Superliga. “Nasaf” “Surxon” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi

Superliga. “Nasaf” “Surxon” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 16-turida “Nasaf” jamoasi 21-sentabr, dushanba kuni “Surxon”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida Islom Kejaboyev qarshiliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay uning o‘zi ikkinchi to‘pni kiritdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Dilshod Rahmatullayev penaltini aniq ijro etgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Uchrashuv oxirlab borayotganda Bobur Abduxoliqov dubl qayd etib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:0.

Mazkur g‘alabadan keyin “Nasaf” ochkolarini 32 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Surxon” (9) esa 12-pog‘onada bormoqda.

Coca-Cola Superliga

16-tur bahsi

21-sentabr, dushanba

Gollar: 1:0 – 16 Kenjaboyev, 2:0 – 23 Kenjaboyev, 3:0 – 49, penalti Rahmatullayev, 4:0 – 84 Abduxoliqov, 5:0 – 90 Abduxoliqov.

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Rahmatullayev (Abubakrizo Turdaliyev, 82), Dilshod Saitov (Husniddin Aliqulov, 70), Bobur Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov, Husayn Norchayev, Islom Kenjaboyev (Muhriddin Zoirov, 70), Sherzod Nasrullayev (Faysal Traore, 86), Marko Stanoyevich (Akmal Mozgovoy, 70), Umar Eshmurodov.

“Surxon”: Asilbek Amonov, Sherzod Karimov (Sardor Sulaymonov, 63), Shavkat Salomov, Aleksandr Kasyan, Muhammadali Namozov (Ibrohim Yo‘ldoshev, 34), Nuriddin Hasanov, Husniddin G‘ofurov, A’zamjon Aliyev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Behruz Shaydulov.

Ogohlantirish: Rahmatullayev (35).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют