» » Tixanovskaya Jahon hamjamiyatidan Lukashenkoni tan olmaslikni so‘radi

Tixanovskaya Jahon hamjamiyatidan Lukashenkoni tan olmaslikni so‘radi


Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya xalqaro jamoatchilikdan mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenkoning saylovlardan keyin ham davlat rahbari sifatida hukumat tepasida qolishini tan olmaslikni so‘radi. Bu haqda “Interfaks” xabar tarqatdi.

“Xalqaro jamoatchilikdan Lukashenkoning prezidentlikka qayta saylanganini tan olmaslikni so‘raymiz, sababi u xalq ko‘zi oldida ham adolat bilan qayta rahbar bo‘lmagan. Mazkur saylovlarda bizning ovozlarimiz o‘g‘irlab olindi”, – degan Tixanovskaya Yevroparlament raisi David Sassoli bilan birgalikda o‘tkazilgan brifingda.

“Biz vaziyatni o‘zimiz hal etishga urinyapmiz, ammo Lukashenkoning biz istagan muloqotdan qochayotganini hamma ko‘rib turibdi. Ayni vaqtda Yevropa va boshqa qo‘shni davlatlarning har qanday uslubdagi ko‘magi juda muhim”, – deya Yevroparlamentning Belarus xalqini qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi rezolyutsiyasi uchun minnatdorlik bildirgan holda qo‘shimcha qilgan Tixanovskaya.

O‘z navbatida Yevroparlament raisi Sassoli Belarusdagi muammoning tinchlik yo‘li bilan hal etiladigan yagona yechimi hukumatni topshirish ekanini qayd etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют